“Turksib Magistral” MCHJ a’zo bo‘ldi
“Turksib Magistral” MChJ O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘ldi. “Kelajakni birgalikda quramiz” shiorini boshqargan Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirishni maqsad qilgan. Uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan samarali hamkorligi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ichki bozorni raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, pirovardida, aholi turmush darajasi va farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi SSPning maqsad va vazifalari: xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; biznes muhitini yaxshilash; respublika tadbirkorlari va xorijiy sheriklar o‘rtasida biznes aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish; yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash uchun respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish; O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga, uning jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, O‘zbekiston tadbirkorlari va boshqa davlatlar tadbirkorlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy aloqalarni o‘rnatish; Palata a'zolarini birlashtirish va qo'llab-quvvatlash; tadbirkorlik sub'ektlari - Palata a'zolarining manfaatlarini ifodalash va huquqlarini himoya qilish; bozor infratuzilmasining yaxlit tizimini shakllantirish.