Kuni kecha Cargo.uz kompaniyasi yengil atletika musobaqalari natijalarini ro‘yxatga olish va qayta ishlash uchun yuqori texnologiyali uskunalarni aviatsiya orqali yetkazib berishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Xarlem shahridan (Niderlandiya) jo‘natilgan yuk tarkibiga quyidagilar kirgan:
- BibTag Smart dekoderlari
-rezina gilamcha-detektorlar,
-antenna kabellari
antenna -testerlari
-yon antennalar va USB o‘quvchilar

Uskunalar Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston sportchilarining milliy va xalqaro startlardagi natijalarini aniq va ishonchli qayd etishni ta’minlash uchun ishlatiladi.

✓ Bu qanday uskuna?
Gap RFID texnologiyalaridan foydalangan holda professional xronometraj tizimi haqida ketmoqda. Bunday tizimlar har bir poyga ishtirokchisining aniq vaqtini - startdan finishgacha - nomerdagi maxsus chiplar va yo‘lkadagi detektorlar yordamida avtomatik ravishda qayd etish imkonini beradi. Ushbu uskunalar dunyodagi eng yirik marafonlarda qo‘llaniladi va endi O‘zbekistonda musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun mavjud.

💪 Cargo.uz - ishonchli logistika!