1

One highway - a thousand routes

Время
в Ташкенте

Yuklarni sug‘urtalash

Mijozlarimizning yuklari bilan ishlashda biz INGO-Uzbekistan sug‘urta kompaniyasining xizmatlaridan foydalanamiz, shu bilan birga,u bilan yuklarni sug‘urtalash dasturini ishlab chiqqanmiz.

Bugungi kunda INGO-UZBEKISTAN biznes manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks dasturlarni va jismoniy shaxslar uchun keng sug‘urta mahsulotlarini o‘z ichiga olgan universal xizmatlar portfeliga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi eng yirik sug‘urtalovchilardan biridir.

“INGO-UZBEKISTAN” sug‘urta aktsiyadorlik jamiyatining INGO kompaniyalari (Rossiya Federatsiyasi, Finlyandiya, Avstriya, Shveytsariya, Belarus, Armaniston, Ukraina va boshqa mamlakatlardagi kompaniyalar)guruhiga kirishi Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beradi. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida professional ishtirokchilar uyushmasining teng huquqli a’zosi hisoblanadi.

Iqtisodiyotning real sektoridagi xorijiy va mahalliy korxonalar, shu jumladan, neft-gaz va aviatsiya sohasidagi korxonalar tomonidan yaratilgan kompaniyaning rivojlanish tarixi 2005 yilga borib taqaladi.

"INGO-UZBEKISTAN" SAJ majburiy va ixtiyoriy shaklda sug‘urtalash sohasida faoliyat olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining litsenziyasiga ega.

 
 

Kompaniyaning ustav kapitali 3,5 million evroni tashkil etadi va "Ingosstrax" OSAJ (Rossiya) nomidan “Invest-Polis” YoAJ (Rossiya), "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK (O‘zbekiston) va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (O‘zbekiston) Kompaniyaning aktsiyadorlari hisoblanadi.

Moliyaviy natijalarning ishonchliligi va barqarorligi, sug‘urta sohasidagi tobora ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish istagi va qobiliyati mijozlarning Kompaniyaga bo‘lgan doimiy qiziqishini ta’minlab kelmoqda. “AHBOR-REYTING” reyting kompaniyasining reyting bahosi natijasida “INGO-UZBEKISTAN”SAJ milliy shkala bo‘yicha “uzA+” – o‘ta yuqori moliyaviy ishonchlilik to‘lov qobiliyati reytingini oldi.

"INGO-UZBEKISTAN" YoAJ o‘z mijozlariga yangi qo‘shimcha xizmatlarni taklif etgan holda xizmat sifatini doimiy ravishda oshirib bormoqda. Bozorga yuqori texnologiyali korporativ va chakana sug‘urta dasturlari chiqarilmoqda, xodimlar muntazam o‘qitilmoqda. Sug‘urtalashning standart dasturlarini faol ravishda targ‘ib qilishdan tashqari, mutaxassislar har bir mijozning individual xususiyatlarini alohida inobatga olishga harakat qilishadi. INGO-UZBEKISTAN faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta xizmatlari (shaxsiy sug‘urta, mulkni sug‘urtalash, javobgarlikni sug‘urtalash, yo‘ldagi mulkni sug‘urtalash va boshqa sug‘urta turlari)ni amalga oshirishdir.

Ma’lumki, sug‘urtalovchi va sug‘urtalangan shaxs o‘rtasidagi munosabatlardagi asosiy jihatlardan biri bu sug‘urta hodisasining o‘z vaqtida hal qilinishidir. Professionallar jamoasining uyg‘unlashgan faoliyati tufayli INGO-UZBEKISTAN qisqa vaqt ichida mijozlarning ishonchini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda INGO-UZBEKISTANning mijozlarini yirik sanoat korxonalari, tashqi savdo faoliyatini yurituvchi tashkilotlar, qurilish kompaniyalari, savdo firmalari, banklar, transmilliy tashkilotlarning vakolatxonalari tashkil etadi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlarning ishonchliligi va barqarorligi, sug‘urta sohasidagi tobora ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirish istagi va qobiliyati sug‘urta polislari egalarining Kompaniyaga bo‘lgan doimiy qiziqishini ta’minlab kelmoqda. INGO-UZBEKISTAN muntazam o‘z mijozlariga yangi qo‘shimcha xizmatlarni taklif etgan holda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilab bormoqda. Bozorga yuqori texnologiyali korporativ va chakana sug‘urta dasturlari chiqarilmoqda, xodimlar doimiy ravishda o‘qitilmoqda. Sug‘urtalashning standart dasturlarini faol ravishda targ‘ib qilishdan tashqari, mutaxassislar mijozning individual xususiyatlarini ham hisobga olishga harakat qilishadi.

 

INGO-Uzbekistan orqali yuklarni sug‘urta qilish (“Turksib Magistral” MChJ sug‘urta agenti) quyidagilarni kafolatlaydi:

  • Yukning shikastlanishidayetkazilgan zararni qoplashni;
  • Yukning yo‘qolganida to‘liq kompensatsiyani;
  • Yukning egasi tashish yoki saqlash paytida uning xavfsizligini to‘liq nazorat qila olmaganida.

 

Asosiy xatarlar:

  • Yuklarning to‘liq yo‘qolishi;
  • Yukning qisman yo‘qolishi (yetishmasligi);
  • Yuklarning barchasi yoki qisman shikastlanishi;
  • Ushbu muammolar har qanday bosqichda - Xitoyda ham, yo‘nalish bo‘ylab ham yuzaga kelishi mumkin.

Yuklarni sug‘urtalash ushbu xavflarni boshqarishning asosiy vositasidir. O‘zingizni kelajakdagi baxtsizliklardan himoyalang - yuklarni sug‘urta qiling!