1

One highway - a thousand routes

Время
в Ташкенте

Аvtomobilda gabaritsiz yuklarni tashish

Mana 11 yildirki, biz gabaritsiz yuklarni tashish bilan shugʼullanib kelmoqdamiz. Shaxsiy transportimizning mavjudligi, yuklarni tashish sohasida erishgan nufuzimiz, xodimlarimizning professionalizmi va tajribasi bizning yutuqlarimizdir, deb ayta olamiz. Ogʼir va gabaritli yuklar bilan ishlash xatolarni kechirmaydi, bu yerda xatoning qiymati nafaqat moddiy xarajatlar, balki insonlarning hayoti bilan ham oʼlchanadi. Gap ogʼir va qimmatbaho uskunalar haqida ketganida bizning buyurtmachilarmizdan bunday yuklarni tashish uchun yuqori talablar qoʼyilishini kutishimiz lozim. Shu sababli biz malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda mehnat xavfsizligi masalalariga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Kompaniyamizda yuklarni avtomobilь transportida xavfsiz ortish va mahkamlash boʼyicha mutaxassislar bor.

Yukni ortishni toʼgʼri moʼljallash hamda sifatli mahkamlash vositalari va materiallaridan foydalanish muhim ahamiyatni kasb etadi. Shuning uchun avtotransport vositalariga yuklarni mahkamlashda biz faqat zamonaviy va sifatli mahkamlash materiallaridan foydalanamiz. Yuklar bilan ishlashda biz uchun eng muhim qoida - bu toʼgʼri mahkamlash. Bu yoʼlda harakatlanish xavfsizligini va yuklar bus-butunligini taʼminlashning eng muhim omilidir.

Bizning kompaniyamiz yirik gabaritli yuklarni tashish uchun shaxsiy past romli ogʼir treylerlar parkiga ega boʼlib, yuk tashish boʼyicha milliy va xalqaro litsenziyalarni qoʼlga kiritgan. Kompaniyadagi barcha transport vositalari GPS tizimi bilan jihozlangan, bu esa tovarlarning harakatini kuzatishga imkon beradi.

Kompaniyamiz haydovchilari IRU Academy da taʼlim olishgan va xalqaro yuk tashuvlarin amalga oshirishga ruxsat beradigan maxsus sertifikatlarga ega.

Oʼzbekiston Respublikasi hududi orqali avtomobilь transportida yirik gabaritli va ogʼir yuklarni tashish uchun "Oʼzavtoyoʼl" DАK, "Oʼzbekenergo" DАK, Davlat avtomobilь inspektsiyasining maxsus ruxsatnomalarini olish va, agar kerak boʼlsa, gazli yoki temir yoʼllarni kesib oʼtishda "Oʼztransgaz" АK va "Oʼzbekiston temir yoʼllari" DАTKning ruxsatnomalariga ega boʼlish lozim.

Bizning kompaniyamiz avtomobilь transportida yirik gabaritli va ogʼir yuklarni tashishda yoʼnalishni bosib oʼtish uchun istagan ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda yordam beradi. Biz Oʼzbekiston Respublikasi hududi boʼylab harakatlanadigan avtotransport vositalaringizga maxsus ruxsatnomalarni olish tartib-qoidalarini bajarishda sizga professionallarcha yordam beramiz.